Bir dilkash inson bor yorug‘ dunyoda,

Yangiliklar / 2019-10-03/ 454    Bir dilkash inson bor yorug‘ dunyoda,

                                                              Bir dilkash inson bor yorug‘ dunyoda,

                                                              Yaxshilik qiladi haddan ziyoda.

                                                              Shogirdi otda-yu o‘zi piyoda,

                                                              Ha rishi savobdir – har ishi ko‘p soz,

                                                              Xizmati beminnat mukarram Ustoz!

TDPU Shahrisabz filialida “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan  “Ustozlar doimo e’zoz va ehtiromda” nomli bayram tantanasi tashkil etildi. Shodiyonamizga to‘planganlarni filialimiz rahbariyati A.G‘aniyev, N.Toshmanov va U.Marasulovalar muborakbot etib, bugungi kunda yurtimizda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, ustozlar oldida turgan ma’suliyatli vazifalar xususida to‘xtalib, talabalarga bilim berish hamda shogirdlarni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatayotgan bir guruh ilg‘or murabbiylarni tabriklab kelgusi ishlarida omadlar tilab qolishdi.