TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!

E'lonlar / 2021-10-10/ 10 TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!

 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talaba-yoshlar uchun “Saylov bilimdoni” onlayn test tanloviga start beradi.

Onlayn tanlov:

➖1-bosqich: 9–11-oktabr kunlari;

➖2-bosqich: 13–15-oktabr kunlari;

➖3-bosqich: 19-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov g‘oliblari 1 nafar 1-o‘rin sohibi noutbuk, 2 nafar 2-o‘rin sohiblari planshet, 3 nafar 3-o‘rin sohiblari smartfon sovg‘alari bilan mukofotlanadilar.

Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar http://sb.bimm.uz tizimiga kirib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan JSHIR (shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

Ishtirokchilarga faqat bir marta test topshirishga ruxsat beriladi.