SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR YAKUNIGA YETDI

Yangiliklar / 2022-08-10/ 242 SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR YAKUNIGA YETDI

 

2022/2023 o‘quv yilida institutda Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Jismoniy madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy imtihon bo‘lib o‘tdi. Yangi o‘quv yilida ushbu yo‘nalishlarga 2642 nafar abituriyentlar hujjat topshirdi.

Ijodiy imtihonlar joriy yilning 1-avgustdan 10-avgustgacha ikki smenada kunduzgi 7:00dan kechgi soat 18:00ga qadar davom etdi. Imtihon jarayonlarini kuzatishda uzluksiz ishlaydigan ovozli video kameralar bilan jihozlangan bo'lib, https://qardupi.uz/uz/view/ijodiy-imtihon-274 havolasi orqali to’g’ridan-to’g’ri kuzatish imkoniyati yaratildi.

Bugun 10-avgust kuni institutda ijodiy imtihonlar yakunlandi. Shu munosabat bilan imtihonlarni adolatli, xolis va shaffof o‘tkazilishidagi samarali xizmatlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari, Andijon davlat pedagogika instituti va Chirchiq davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilariga institut direktorining “Tashakkurnoma”si topshirildi.

10...... 10.... 10... 10.. 10. 10