TDPU SHAHRISABZ FILIALIDA MASOFAVIY TA’LIM OLIB BORILMOQDA.

Yangiliklar / 2020-04-20/ 1022 TDPU SHAHRISABZ FILIALIDA MASOFAVIY TA’LIM OLIB BORILMOQDA.

TDPU SHAHRISABZ FILIALIDA MASOFAVIY TA’LIM OLIB BORILMOQDA.

       Hozirgi kundagi yurtimizda sinovli vaziyatda barcha oliy ta’lim muassasalari masofaviy ta’lim tizimiga o’tgan. Jumladan TDPU Shahrisabz filialida ham 10-apreldan masofaviy ta’lim tizimi ishga tushdi. Masofaviy ta’lim platformasini to’la qonli shakllantirish va unda talabalarning doimiy ishtirokini ta’minlash maqsadida TDPU Shahrisabz filiali jamoasi nazoratni qo’lga olishgan bo’lib buning samarasi raqamlarda yaqqol aks etadi. Ushbu hafta boshida moodldan foydalanib, darslarda ishtirok etgan talabalar - 85% ni tashkil etmoqda.

      online1

  Filial talabalarini masofaviy ta’lim olishlari uchun filial professor-o’qituvchilari tomonidan doimiy online darslar o’tkazilib kelinmoqda.Talabalar

ham ushbu darslarga faol ishtirok etishmoqda.

 

     online2

    Uzoq tuman va viloyatlarda, chekka qishloqlardagi internet aloqasi bilan bo’lgan muammo sabab ayrim talabalar darslarda muntazam ishtirok etisha olmayotganini e’tiborga olgan holda ,o’quv materiallari; video, audio va pdf materiallar masofaviy ta’lim platformasiga bir kun oldin joylashtirilmoqda.