XORIJIY FUQAROLARNI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTIGA QABUL QILISH TARTIBI

                                загружено (1)                                                                  photo_2022-01-27_14-47-06

Qarshi Davlat Universitetining Pedagogika instituti O'zbekistonda pedagogika sohasida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha bazaviy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institut professor-o’qituvchilari talabaning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun bor kuch-qudratlarini sarflashni o’zlarining oily maqsadlari, deb hisoblaydilar.

Xorijiy fuqarolarni o’qitish tartibi:


Xorijiy fuqarolarni o’qitish fakultetlarda, magistraturada o’zbektalabalari tahsil oladigan barcha yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha tashkil etiladi.
Xorijiy fuqarolarni Qarshi Davlat Universitetining Pedagogika institutiga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 169-sonli Qarori asosida amalga oshiriladi. Qaror bilan buyerda tanishish mumkin.


Akademik o’quv yili ikki semestrdan iborat, ular har yili sentabr va fevral oylarida boshlanadi. Xorijiy fuqarolar o’zbek talabalari bilan birga umumiy guruhlarda o'qitiladi.
O’qitish tili – rus va o’zbek. Talaba o’qish tilini mustaqil tanlash huquqiga ega.

 

Ta’lim olish davomiyligi tanlangan yo’nalishga bog’liq:


Bakalavr – 4 yil;
Magistratura – 2 yil;

 

Institutni muvaffaqiyatli tugatgan xorijiy talabalar davlat namunasidagi bakalavr yoki magistr diplom oladi va mazkur diplom asosida xorijiy talaba o’qishini keying bosqichda davom ettirishi mumkin.

Ta’lim narxi tanlangan mutaxassislik yoki ta’lim yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Har bir xorijiy fuqaro bilan individual shartnoma tuziladi va mazkur shartnoma butun o’qish davomida amal qiladi.

Xorijiy fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish tartibi.

2022 - yil 15-  iyun – 2022 - yil 15 - avgust.
Hujjatlar qabul qilish quyidagi electron manzillar orqali yoki Institutga kelib, yuzma – yuz uchrashuv orqali amalga oshiriladi:
E-mail: qardupi@mail.ru, shahloganieva95@gmail.com
Tel.: +998 97 799 95 01 (Telegram, Whatsapp)


Xorijiy fuqarolar tomonidan taqdim qilinishi talab etiladigan hujjatlar to’plami:
    1. Milliy passport nusxasi, rus yoki o’zbek tiliga o’girilgan va notarial tasdiqlangan (zarurat tug’ilganda),

  1. Chet el fuqarolarininig O’zbekistonda yashash guvohnomasi nusxasi (mavjud bo’lsa);

    3. Davlat namunasidagi to’liq o’rta ta’lim to’g’risidagi hujjat nusxasi (magistraturaga kirish uchun oily ta’lim to’g’risidagi hujjat) va baholar ko’rsatilgan ilova, rus yoki o’zbek tiliga o’girilgan va notarial tasdiqlangan;

    4. Foto – 3,5х4,5 sm.

Barcha hujjatlarning asl nusxasi, shuningdek, salomatlik to’g’risidagi ma’lumotnoma o’qishga qabul qilingandan so’ng qabul komissiyasiga topshiriladi.

Oqishga qabul qilish tartibi

Institutga o’qishga qabul qilish oflayn, yuzma – yuz suhbat tarzida amalga oshiriladi.
Suhbat 2022-yil 10-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Suhbat o’tkazish muddati institute veb-saytida e’lon qilinadi.
Abiturient tomonidan to’plangan ballar suhbat o’tkazilgan kun e’lon qilinadi.
Institut Xalqaro hamkorlik bo’limi talabani o’qishga qabul qilish bo’yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirish, talabani institut, fakultet va o’zi qabul qilingan guruh bilan tanishtirish, yotoqxonaga joylashtirish bilan shug’ullanadi.

Yashash sharoitlari -
QarDUPIning ikkita yotoqxonasi mavjud bo’lib, xorijiy talabalar har ikkisida ham yashashlari mumkin. Yotoqxonalar joylashgan manzillar rivojlangan infrastrukturaga ega, atrofda oziq-ovqat va sanoat mollari do’konlari, savdo markazlari, sport komplekslari, bozor, o’zbek va boshqa millatlar taomlari tayyorlanadigan kafe va restoranlar joylashgan.
Yotoqxonada mebellar to’plami bilan jixozlangan. Yotoqxonalarda kir yuvish xonalari mavjud. Internet tarmog’i va televizor uchun kabellar o’tkazilgan.
Yotoqxonalarda kuzatuv kameralari o’rnatilgan va kunu-tun kuzatuv olib boriladi. Yotoqxonaga kiritish o’rnatilgan tartibda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.